Afğoniston şimolida Özbekiston mablağlari hisobidan maktab qurildi. Bu haqda özbekistonlik olim Şuhrat Barlos özining feysbuk sahifasi orqali ma'lum qilgan.


Uning yozişiça, Balx viloyati, Mozori Şarif şahridagi bu yangi maktab "Özbekiston temir yöllari" Davlat aksionerlik kompaniyasiga tegişli "So'g'diyona Trans" korxonasi tomonidan 2014 yildan beri qurilayotgan va endilikda bu örta ta'li maktabi Afğoniston Maorif vazirligiga foydalanişga topşirilgan.


Feysbukka joylaştirilgan suratlardan birida maktabga kiriş qismidagi yozuv aks etgan bölib, unda özbek tilida, arab va lotin yozuvlarida «Uşbu maktab Özbekiston xalqidan Afğoniston xalqiga sovğa sifatida 2014 yilda qurilgan», deb yozilgan.