29 iyul kuni Avstriya poytaxti Vena şahrida Polşaning eng badavlat odami Yan Kulçik 65 yoşida vafot etdi. Bu haqda "Radio Polşa" naşri xabar bergan.

Marhum işbilarmon Kulczyk Holding va Kulczyk Investments xalqaro investitsiya şirkatlari xöjayini, şuningdek energetika sohasidagi Polenergia va Serinus Energy şirkatlari, bir qator neft va gaz sohasidagi firmalar hamda pivo işlab çiqaruvçi SABMiller kompaniyasi aksiyadori hisoblanardi.

Uning biznesi Yevropa hududidan taşqarida ham, Afrika va Janubiy Amerikada tarmoqlangan. U Ukrainadagi neft va gaz sohasi bilan şuğullanadigan Kulczyk Oil Ventures kompaniyasining 49,99 foizlik aksiyalariga egalik qilardi.

Qayd etilişiça, Kulçuk 2002 yildan buyon Polşaning eng badavlat kişilari röyxatida bölib, oxirgi yillarda doimiy ravişda bu röyxatni boşqarayotgandi. Uning boyligi 16 mlrd zlotiy ekani hisoblangan.