31 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari Fayzullayev Alişer Nasibullayeviç boşçiligida Uzinfocom Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etiş markazida yiğiliş ötkazildi.
Bu yiğilişda vazir örinbosari vazirlikning 2015 yil 30 iyuldagi buyruği bilan Ğayratxöja Saydaliyev Uzinfocom Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etiş markazi direktori etib tayinlangani haqida ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, Ğayratxöja Saydaliyev 1982 yil Toşkent şahrida tuğilgan. U 2002 yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Saydaliyev Uzinfocom markazidagi faoliyatini 2011 yilda Kompyuterlaştiriş markazlariga kömaklaşiş guruhi boşliği lavozimida işlaş orqali boşlagan. Biroz ötib Uzinfocom markazi direktori örinbosariga aylangan.
2014 yilning yanvarida Ğayratxöja Saydaliyev öz karerasini Uzinfocom markazi direktorining birinçi örinbosari lavozimi bilan davom ettirgan, 2015 yilning 9 martida Uzinfocom markazi direktori vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlangan edi.






