"Formula-1" poygalarida 7 karra jahon çempioni bölişga erişgan germaniyalik avtopoygaçi Mixail Şumaxerning soğligi yaxşilanmoqda. Bu haqda uning menejyeri Sabina Kem Bild naşriga ma'lum qilgan.
"Uning tuzalişida oldga siljiş bor. Şifokorlar buning uçun qöllaridan kelgan işni qilişmoqda", deydi Kem.
Eslatib ötamiz, 2013 yilning dekabr oyi oxirida Mixail Şumaxer Fransiyaning Meribele şahri yaqinidagi toğ-çanği kompleksi hududida yiqilib tuşib, jiddiy ravişda jarohatlangandi. Öşanda avtopoygaçining boş miyasi şikastlangan.
U olti oy sun'iy koma holatida yotdi. 2014 yil sentabrida esa Jyeneva köli böyidagi uyiga olib kelinib, tiklaniş muolajalarini olişni boşlagandi.






