Sayyohlik sohasi böyiça faoliyat yurituvçi dunyoga maşhur Travel Leisure jurnali xalqaro miqyosdagi eng yaxşi aviakompaniyalar reytingini e'lon qildi, deb yozadi muslim.uz portali. Bu yil eng yaxşilar qatoriga jami 39 ta aviakompaniya kiritildi. Ularni saralaşda xizmat sifati va narxlarning hamyonbopligiga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur reytingda, dastlabki öntalikni lyuks xizmatini körsatuvçi aviakompaniyalar egalladi.
Jumladan, birinçi örinni Singapore Airlines özining yuqori darajadagi xizmat sifati bilan qölga kiritgan bölsa, ikkinçi poğonani, şarqona toamlari hamda samolyot bortidagi yuviniş (duş) xonalari bilan diqqatni tortuvçi Emirates Airline va nihoyat uçinçi örinni esa, töğridan töğri samolyot bortida tayyorlanuvçi issiq taomlari va alohida xizmatlari bilan Qatar Airways qölga kiritdi.
Eslatib ötamiz, mazkur reytingdagi dastlabki uçta faxrli örinni musulmon davlatlarining aviakompaniyalari egalladi.