Peru xavfsizlik kuçlari 54 nafar tutqunni ozod qilişdi, deb xabar beradi Associated Press.
Ularni “Sendero luminense” harakati jangarilari qölga olgan edi. Uşbu radikal taşkilot mamlakatning uzoq örmonli hududlarida faoliyat yuritadi.
Terrorçilikka qarşi kuraş departamenti rahbari Xose Baelyaning sözlariga qaraganda, tutqunlarning köpçiligi 20 yil muqaddam Puerto-Okopa şahridan olib qoçib ketilgan edi. Ular orasidagi ayollar jangarilarga farzand tuğib bergan, bu bolalar terrorçi sifatida tarbiyalangan.
Ozod qilinganlarning aksariyat qismi kampa xalqiga mansub ekanligi ta'kidlanmoqda.
“Sendero luminense” – “Yorqin yöl” maoistik harakati vakillari 1980 yildan buyon rasmiy hukumatga qarşi kuraşib kelmoqda.
Peruda 50dan ortiq tutqun ozod qilindi
14:11 / 02.08.20152 6561 min






