Ikki davlat örtasidagi munosabatlar işonçliligini oşirişga qaratilgan Misr-AQŞ strategik dialogi Qohirada 2009 yildan buyon birinçi marta ötkaziladi.
AQŞ delegatsiyasiga davlat kotibi Jon Kerri boşçilik qiladi. Misr tomonidan unga taşqi işlar vaziri Sameh Şukriy peşvoz çiqadi. Aytilişiça, AQŞ diplomatiyasi yetakçisi allaqaçon Qohiraga yetib kelgan.
Misr taşqi siyosiy idorasining rasmiy vakili Badr Abdul Ato jurnalistlar bilan muloqot çoğida kun tartibida mintaqaning eng dolzarb muammolari turganligini ta'kidlab ötdi. IŞID, Liviya, Iroq, Suriya, Yamandagi inqirozlar, şimoliy Sinaydagi terrorçilik harakati şular jumlasidandir.
Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda esa, Kerri Şukriy bilan muloqot çoğida inson huquqlarini himoya qiliş va “Musulmon birodarlari” taşkiloti tarafdorlariga qarşi qatağonlar masalasini kötarmoqçi. Şuningdek, AQŞ Misrga Sinaydagi ayirmaçilarga qarşi yordam taqdim etişi mumkinligi aytilmoqda.
Bundan taşqari, 2011 yili töxtatib qöyilgan “Yorqin yulduz” Misr-AQŞ harbiy maşğulotlarini qayta boşlaş masalasi körib çiqiladi.
Qohiradi Misr-AQŞ strategik dialogi ötadi
15:10 / 02.08.20151 6732 min






