“Çelsi” boş murabbiyi Joze Mourinyu Angliya Superkubogi uçun “Arsenal” bilan ötkazilgan uçraşuv borasida öz fikrlarini bildirdi. Eslatib ötamiz, uçraşuv “Arsenal”ning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
“Eng yaxşi jamoa yutqazdi. Biz jonbozlik körsatdik, öyinni töliq nazorat qildik va töpni uşlab turdik. Biroq raqib öz darvozasi yonida turib olgani uçun gol urişimiz qiyin böldi. “Arsenal” butun jamoa bilan himoyalandi. Ular öz darvozalari yonida tartib bilan harakat qilişdi, ularni yutuq bilan tabriklayman.
Bu mavsumda çempionlik unvoni uçun kuraş juda qiyin keçadi. Köpçilik raqiblarimiz yangi öyinçilar sotib olişga katta pullar sarflamoqda, biz esa avvalgi tarkibda qoldik. Biz ğalaba uçun kuraşişga harakat qilamiz.
Bir mavsum uçun “Çelsi”ga 5 nafar himoyaçi yetarli emas. Biz mavsumga 5 nafar himoyaçi bilan kira olmaymiz, bu bizning zaif tomonimiz”, deb aytdi Mourinyu.






