Nokia kompaniyasi 2015 yilning ikkinçi çoragi yakunlarini e'lon qildi. Unga köra, kompaniyaning foydasi ötgan yilning şu davriga nisbatan bir qadar kötarilgan. Bunga yuqori rentabellikka ega dasturiy ta'minot sotuvlarining köpayişi va quyi rentabellikka ega şartnomalardan voz keçilişi sabab bölgan.
Finlyandiyaning yetakçi kompaniyasi Nokia Networks bölinmasining 313 mln yevro (sotuvlar hajmining 11.5 foizi) operatsion daromad körganini ma'lum qildi, bu ötgan yilgidan (281 mln yevro) 11 foizga köproqdir. Reuters suhbat qilgan ekspertlarning başoratlariga köra, bölinmaning foydasi 235 mln yevroni, operatsion marja esa 8.3 foizni taşkil etişi kerak edi.
Tarmoq jihozlarining sotiliş hajmi 2.73 mlrd yevroni taşkil qildi, bu 2014 yil birinçi çoragi körsatkiçlaridan 6 foizga köproqdir. Ayni paytda, tahlilçilar bu boradagi daromad 2.84 mlrd yevroni taşkil etişini taxmin qilayotgan edi.
Nokia’ning umumiy operatsion foydasi 51 foizga ösib, 521 mln yevroni taşkil qildi (tahlilçilar başorati – 334 mln yevro). Sof foyda 352 mln yevroni taşkil qildi; ötgan yilning şu davrida kompaniya 27 mln yevro zarar körgan edi.
Kompaniyaning realizatsiya hajmi 3.209 mlrd yevroga teng (ötgan yilgi körsatkiçdan 9 foizga köproq).
Reuters agentligining ma'lum qilişiça, kompaniya HERE kartografik servisini Germaniya avtomobilsozlariga sotiş böyiça muzokaralarni yakunlaş arafasida turibdi. Şartnoma qiymati 2.5-3 mlrd yevroni taşkil etişi mumkin.






