Microsoft kompaniyasi tomonidan çiqarilgan yangi Windows 10 operatsion dasturi butun dunyo böylab 67 mln kompyuter va boşqa qurilmalarga örnatildi. Bu haqda Windows Central portali xabar berdi.
Şu asosdagi hisob-kitoblarga qaraganda, dastur çiqarilgan dastlabki kunlarda sayyora böylab har sekundda örtaça 162 kişi uni öz uskunasiga örnatgan. Yangi dasturiy ta'minotni imtiyozli oliş imkonini beruvçi Windows Insider dasturi iştirokçilarining soni öşa paytda 5 mln foydalanuvçini taşkil qilar edi.
Microsoft yaqin 3 yil içida Windows 10 dasturiy ta'minoti 1 mlrd uskunaga örnatilişidan umid qilmoqda. Ayni paytda uning Home, Pro, Enterprise va Education versiyalari mavjud. Windows 10 Mobile kuzda çiqadi.
Windows 10 allaqaçon 67 mln kompyuterga örnatildi
19:26 / 03.08.20153 8581 min






