Şimoliy dengiz Brent neft markasining narxi yanvar oyidan beri ilk marta bir barrel uçun 50 dollardan pasayib ketdi. 

3 avgust keçki payt holatiga köra, ICE London birjasida neftning sentabrda yetkazib beriş fyuçers şartnomalari narxi bir barrel neft uçun 49,79 dollarni taşkil qildi.

Neft narxiga Xitoydan olinayotgan xabarlar ham ta'sir ötkazmoqda: 3 avgustda çop etilgan Xitoy işlab çiqariş sektoridagi işbilarmonlik faollik indeksi oxirgi ikki yil içidagi eng past körsatkiç böldi.

Xitoy iqtisodiyotining sustlaşişi neft bozori iştirokçilari tomonidan salbiy yangilik sifatida qabul qilinmoqda, çunki Xitoy AQŞdan keyin neft iste'mol qiluvçi ikkinçi raqamli davlat hisoblanadi. Xitoy iqtisodiyoti qançalik kamroq neft işlatsa, bozorda neftga talab şunçalik kam böladi.

Bundan taşqari, bozor iştirokçilari Eronning sanksiyalar olingandan keyin bir neça kun içida neft yetkazib berişni oşirişga tayyorligi haqidagi xabarlarga ham e'tibor qaratişmoqda. Eron hukumati 2 avgustda sanksiyalar olingandan keyin bir hafta içida neft hajmini kuniga qöşimça 0,5 mln barrelga, bir oydan keyin esa kuniga 1 mln barrelga yetkazişini ma'lum qilgan.

Ötgan yili Eron bozorga kuniga örtaça 1,4 mln barrel neft yetkazib bergan.