Britaniya aerodromlaridan birida Facebook kompaniyasiga tegişli uçuvçisiz apparat qurilmoqda. Uning qanotlari kengligi Boeing-737niki bilan teng. Uşbu ulkan dron Aquila deb ataladi. Aquila yunon mifologiyasida Zevsning çaqmoqlarini taşigan burgutdir.
Uşbu dron Facebook’ning Yer yuzida 4 mln kişini internet bilan ta'minlaş borasidagi rejasining bir qismidir. Ğoyaga köra, Aquila stratosferada parvoz qilib, yer stansiyalariga simsiz usulda internet signallarini uzatib turadi. U asosan Nigeriya va Hindiston singari mamlakatlarning internet yetib bormagan hududlari ustidan parvoz qiladi.
Joriy yil boşida kompaniya uşbu apparatning kiçik modellarini sinovdan ötkazdi va hozir, loyiha koordinatori Yael Maguayrning sözlariga köra, uning töliq hajmli versiyasini sinovdan ötkazişga tayyorgarlik körmoqda.

737 singari keng bölişi bilan, u tijoriy avialaynerdan yuzlab marotaba yengilroqdir. U yer sathidan 18-25 ming balandlikda 90 kungaça qolişi mumkin.
Şu vaqtning özida Kaliforniyadagi Vudlend-Xills laboratoriyasi mutaxassislari dronga internet signallari yuborişga yordam beradigan yangi lazer tarmoqlari texnologiyasini işlab çiqmoqda. Aytilişiça, olimlar önlab gigabit tezlikda ma'lumot uzatuvçi 15 km masofadan aniq nişonga uruvçi lazer işlab çiqişga muvaffaq bölişdi.
Facebook Connectivity Lab olimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan Aquila loyihasi internetni osmondan yetkaziş texnologiyasida yangi söz bölişi mumkin. Şu bilan birga, Google havoda 180 kun qolişi mumkin bölgan dronlar va havo şarlari ustida işlamoqda. Facebook, şuningdek, sun'iy yöldoşlar yaratiş masalasini örganib çiqmoqda.






