Garvardning Wyss Institute for Biologically Inspired Engineering instituti xodimlari Seul davlat universiteti va Jon Polson nomli Garvard muhandislik va amaliy fanlar maktabi xodimlari bilan hamkorlikda suv çivini şaklidagi mitti robot yaratişdi. Haşarot şakllarini aynan takrorlaş uçun olimlar uning xatti-harakatlarini videoyozuvlar orqali örganib çiqişdi.
“Robot oyoqçalarining suv yuzasiga ötkazadigan bosimi, tezlik va vaqtni juda aniq hisoblab çiqiş talab etiladi, axir uning sakraşi şunga boğliq böladi. Tirik haşarotlar bu işni juda oson amalga oşiradi”, – deydi loyiha rahbarlaridan biri Kyu Jin Ço.
Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, suv çivinlari bu harakatlarini oyoqlarining pastki yuzasidagi aylanalar yordamida amalga oşiradi. Şu asosda katapultlaniş kompakt mexanizmiga ega robot yaratildi. U robot vaznidan 16 barobar kattaroq kuç çiqarib, suv sathidan sakraşni amalga oşirişga qodir.
Boşqa tadqiqotçilar guruhi bir yilça muqaddam şunga öxşaş haşarot robot yasagan edi. Ammo robot haşarotning real ölçovlaridan ança katta edi. Yangi qurilma esa şakl va ölçam jihatdan originalga ança yaqin qilib işlandi.
Aytilişiça, şu kabi mitti robotlar kelajakda politsiya operatsiyalarida, şuningdek, qutqaruvçilarning işida qöl kelişi mumkin.






