Internetda Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan uçib çiqqan samolyotdan özib ketgan sirli jism aks etgan video paydo böldi.

Uşbu antiqa videoni Virgin Atlantic aviakompaniyasiga tegişli samolyotlardan biri havoga kötarilganida Rik ismli havaskor rejissyor olişga muvaffaq böldi.

Videoda özgasayyoraliklar kemasiga öxşaş sirli jism yölovçi samolyotiga yetib olib, undan özib ketganini köriş mumkin.

“Mening fikrimça bu noma'lum uçar jism bölgan, çunki menda bunga boşqaça izoh yöq. Men videoni döstlarimga körsatganimda bizning fikrlarimiz turliça böldi, şuning uçun men videoni internetda joylaştirişga qaror qildim”, deb aytdi Rik The Daily Mirror naşriga bergan intervyusida.
Internetda video borasida ança şiddatli bahs-munozara kötarildi. Kimdir videoda oddiy quşni körganini aytsa, kimdir buni videomontaj yoki kadrga şunçaki yot jism tuşib qolganini aytgan. Biroq ufologiya sohasidagi mutaxassislar bunday keskin fikrlar bildirişga şoşilmayaptilar.
“Buni haqiqatda nima ekanini aytiş qiyin. Boz ustiga videoning sifati ham köngildagidek emas. Biroq şuni aytiş mumkinki, bu jism quşga unça öxşamaydi. Agar yaxşilab qaralsa, bu NUJ ekanligini ham köriş mumkin”, deb aytmoqda britaniyalik ufolog Rus Kellett.