Afrika xaritasini örganuvçi Kanadalik olim ikki xil körinişdagi qit'a xaritasini çizdi. Birida islom dini tarqalgan hududlar, ikkinçisida OITS tarqalgan mintaqalar aks etgan. Uning fikriça, qayerdaki islom dini bölsa, öşa yerda “asr vabosi” yöq yoki buning aksi.
Birinçi xaritada kasallik tarqalgan joylar çizilgan. Ya'ni töq qora rang bilan belgilangan qismda OITS “urçigan”, yorqin rangli qismda esa kasallik tarqalmagan. Ikkinçi xaritada esa (öngdan) musulmonlar istiqomat qiladigan mintaqalar aks etgan. Töq yaşil qism musulmonlar köp yaşaydigan hududlarni anglatadi. Xarita muallifi köp yillik ilmiy tadqiqotlardan söng “Islom dini OITSga qarşi eng samarali profilaktika”, degan xulosaga keldi.


Mazkur xarita hozirda internetning turli ijtimoiy tarmoqlarida “OITSga heç qanday davo yöq”, “Qur'onda bitilgan qoidalarga amal qilsak, OITS degan baloga sira duçor bölmaymiz” qabilidagi fikrlar bilan muhokama qilinmoqda.
Aytiş kerakki, Afrikaning janubiy qismida kasallik keng tarqalgan. Bu yerda 35 mln nafar odam (mintaqaning 70 % foizi) OITSga çalingan. Afrikaning şimoliy qismida esa musulmonlar istiqomat qiladi. 84 % foiz misrliklar, maliliklar va Gvineya aholisi islom diniga e'tiqod qiladi.

Manba: Muxlis.uz