Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk şahri boş imom-xatibi Salim Şakirzyanovning taklifi bilan Özbekistonlik imom-xatiblardan tört nafari Rossiya Federatsiyasiga jönab ketdilar. Ular Toşkent şahri “Hazrati Ali” jome masjidi imom-xatibi Salohiddin Şaripov, “Şayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov, “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi Jasur Raupov va Toşkent viloyati “Oq masjid” jome masjidi imom-xatibi Ibrohim Inomovlardir.

Imom-xatiblarimiz Novosibirsk şahriga yetib borib, joylarda özlarining diniy-ma'rifiy tadbirlarini boşladilar.
Bu safar tafsilotlari haqida keyinroq batafsil yoritib borişga harakat qilamiz, deb xabar berdi Özbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bölimi.












