4 avgust kuni Myunxenning "Bavariya" jamoasi örtoqlik maqomidagi Audi Cup turnirida "Milan"ga qarşi birinçi uçraşuvni ötkazdi va yirik hisobda ğalaba qozondi.

Öyinda 3:0 hisobi qayd etildi. Gollar Bernat, Gyottse va Levandovski tomonidan urildi.

Şu tariqa bu turnir sovrini uçun "Bavariya" 5 avgust kuni "Real"ga qarşi maydonga tuşadi. "Real" "Tottexem"ni 2:0 hisobida mağlub etib, finalga çiqqandi.

Futbol. Audi Kap. 1/2 final
«Bavariya» (Myunxen, Germaniya) — «Milan» (Milan, Italiya) — 3:0
Gollar: Bernat, 23; Gyottse, 74; Levandovski, 85.