Özbekiston joriy yilning özida Ozarboyjonga buğdoy mahsulotini yetkazib berişni yölga qöyişi mumkin. Bu haqda Özbekistonning Bokudagi elçisi maslahatçisi Jahongir Aminov ma'lum qilgan.

U jurnalistlarning savollariga javob beriş çoğida Özbekiston va Ozarboyjon tomonlari qariyb 200 turdagi mahsulotlar savdosi böyiça hamkorlik qiliş masalasini muhokama qilişgani haqida aytgan.

Elçi maslahatçisining qayd etişiça, ayni vaqtda Özbekiston Ozarboyjonga avtomobil qismlari, qişloq xöjalik buyumlari, rangli metallar, farmatsevtik vositalar va öğitlaş vositalarini eksport qiladi.

Öz navbatida Ozarboyjon Özbekistonga neft va kimyo mahsulotlari, mexanik buyumlar hamda qandolatçilik mahsulotlarini yetkazib beradi.

Jahongir Aminovning aytişiça, Özbekiston va Ozarboyjon özaro ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş borasida katta istiqbolga ega hisoblanadi. Ozarboyjondan

Özbekistonga gilam va boşqa töqimaçilik mahsulotlari eksport qilinişi mumkinligi aytilgan.

Qayd etilişiça, 2015 yilning oxirigaça uşbu mahsulotlar özaro eksport va import qilinişi boşlanişi mumkin.