2 avgustda şifoxonaga yotqazilgan rossiyalik rejissyor Eldar Ryazanov şifoxonadan çiqdi. Rejissyor yaqinlarining aytişiça, şifoxonada rejissyorning qon tomirlari tozalangan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ryazanov 2 avgustda şifoxonaga yotqazilgandan keyin OAVlarda unda infarkt yoki yuragida operatsiya bölgani haqida xabarlar berila boşlandi. Biroq maşhur rejissyorning yaqinlari bu axborotni inkor etdilar va Ryazanov tez tibbiy yordam maşinasida şifoxonaga olib ketilgani matbuotda sarosima kötarilişiga sabab bölganini taxmin qilişdi.

Eldar Ryazanov – Sobiq ittifoq xalq artisti. U “Karnaval keçasi”, “Gusar balladasi”, “Avtomobildan ehtiyot böling!”, “Şafqatsiz romans”, “Işqdagi işq”, “Taqdir hazili yoki quşdek yengil böling”, “Garaj” kabi köplab maşhur filmlarni suratga olgan.