Kanadaning Yangi Şotlandiya viloyati aholisi noma'lum sabablarga köra özini sohilga otgan 16 ta qora delfinni aniqladi.

Delfinlarni aniqlaganlar zudlik bilan ularni qutqarişga tuşib ketişdi. Ular mutaxassislar kelgunça delfinlar taşnalikdan halok bölmasligi uçun ularning ustidan çelaklardan suv qöyib turişdi. Biroq qutqaruvçilarning barça urinişlariga qaramasdan, hamma delfinlarning ham hayotini saqlab qolişning iloji bölmadi, ulardan 6 nafari halok böldi.

Qolgan delfinlarni Atlantika okeaniga ortga qaytarişga muvaffaq bölindi.

Qayd etilişiça, delfinlarning ommaviy tarzda öz joniga qasd qilişi kuzatilgan eng yirik holat 2013 yilda yuz bergan. Öşanda AQŞ sohili böylab 230 ga yaqin delfin özini sohilga otib çiqargan edi.