Rossiyaning Oltoy ölkasida maşina içida yolğiz qoldirilgan ikkita bola olov bilan öynab, tiriklay yonib ketdi, deb xabar beradi “NGS.Barnaul” resursi.

Aytilişiça, çorşanba kuni Smolensk tumanidagi uyning hovlisida turgan maşina salonida yonğin kelib çiqqan. Olov yetkazgan jarohatlar oqibatida ikki yoşli bolakay voqea joyida halok bölgan, uç yoşli boşqa bola esa şifoxonada olamdan ötgan.
Taxminlarga köra, bolalardan biri salon içida qoğozga öt qöygan, şundan söng yonğin kelib çiqqan.