Turkiyaning Fusion Tour sayyohlik kompaniyasi öz mijozlariga Egey dengizi böylab ilk halol kruizda iştirok etişni taklif qildi. BGN News naşrining xabar berişiça, kruiz layneri 27 sentabrda Izmirdan yölga tuşadi. Olti kun davom etadigan sayohat davomida Gretsiyaning Rodos va Krit orollarida hamda Pirey şahrida töxtaşlar amalga oşiriladi. Kruiz 2 oktabrda öz nihoyasiga yetadi.

Kema bortida heç qanday spirtli içimlik va çöçqa göştidan tayyorlangan taomlar bölmaydi. Sport zallari, spa-markazlar, turk hammomlari va namoz uçun xonalar erkaklar va ayollar uçun alohida-alohida işlaydi.

Fusion Tour kompaniyasi rahbari Kamol Gyunayning aytişiça, “Usmonlar yöli bilan” deb nomlangan bu kruiz davomida sayyohlar madaniyat va tarix haqida köplab yangi ma'lumotlar bilan tanişadilar. Misol uçun, kemada sayyohlar darvişlar raqsini kuzatişlari, tematik fotokörgazmalarga taşrif buyurişlari yoki mumtoz turk musiqasini tinglaşlari mumkin böladi.

Yaqin oylarda tur taşkilotçilari halol sayohatlar geografiyasini kengaytirib, Budapeşt, Belgrad, Vena va bir qator italyan şaharlarida töxtaşlar bilan amalga oşiriladigan kruizlar ötkazişni rejalaştirmoqda.