Astrofizika mutaxassislari Yerdan eng uzoqdagi galaktikadan kelayotgan nurlarni qayd qilişdi. Bu haqda Gavayida joylaşgan Keka observatoriyasi tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.
EGSY8p7 galaktikasi Yerdan 13.1 mlrd yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan. Uning teleskoplar orqali namoyon böladigan körinişi uning aslida Katta portlaşdan 585 mln yil keyingi qiyofasidir. Olimlar MOSFIRE infraqizil spektrometri yordamida galaktikaning yoşini aniqlab, uning spektrida Layman-alfa çiziğini qayd qilişdi. Tadqiqotning asosiy yutuği sifatida aynan şu holat baholanmoqda. Nazariy hisob-kitoblarga qaraganda, mavjudligining dastlabki 400 mln yilida koinot bunday nurlaniş uçun yetarliça şaffof bölmay, neytral vodorodga töla bölgan. Keyinçalik, birinçi galaktikalarning paydo bölişi bilan ularning nurlari neytral vodorodni protonlar va elektronlarga parçalay boşlagan.
EGSY8p7 atrofida Layman-alfa çiziğining mavjudligi ayrim galaktikalar atrofidagi vodorod boşqalaridagiga nisbatan ertaroq ionlaşganini körsatadi. Bunday galaktikalardagi yulduzlarning nurlanişi boşqalardagidan köra kuçliroq bölgani taxmin qilinmoqda.






