ASUS kompaniyasi ZenFone Max smartfoni haqida axborot berdi. Uşbu qurilmaning quvvati uzoq muddatga yetişi ta'kidlanmoqda.
Apparat Android 5.0 (Lollipop) operatsion tizimida işlaydi, şuningdek, Zen UI 2.0. interfeysiga ega.
Unda Snapdragon 410 çipidan foydalanilgan. Uning tarkibiga 1,2 GGts çastotali törtta ARM Cortex A53 yadro va Adreno 306 grafik nazoratçisi kiradi. Protsessor 2 Gbayt operativ xotira bilan uyğunlikda işlaydi. Fleş-modul siğimi — 8 yoki 16 Gbayt (microSD kartasi hisobiga kengaytiriladi).
Smartfon 720r formatli 5,5 dyuymli sensor displey bilan ta'minlangan: yeçimi – 1280×720 nuqta. Ekran zararlanişdan Corning Gorilla Glass 4 mustahkam oynasi bilan himoyalangan.
Yangi apparatning ta'minotiga lazerli avtofokusga hamda Real Tone Flash fleşiga ega 13 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli va keng optikali frontal kamera, Wi-Fi 802.11b/g/n i Bluetooth 4.0 simsiz aloqa adapterlari, GPS navigatsion tizimi qabul qilgiçi va datçiklar töplami kiradi.
Apparatning asosiy öziga xosligi 5 ming mA/soat quvvatga ega batareyadir. Smartfon, şuningdek, boşqa jihozlarni quvvatlantiriş uçun zaxira manba sifatida qöllanilişi mumkin.
ZenFone Max modeli 4G LTE va 3G HSPA+ mobil tarmoqlarida işlay oladi; ikkita SIM-karta örnatiş imkoniyati bor.
Mahsulot şu yilning oktabridan sotuvga çiqariladi. Modelning narxi haqida ma'lumot berilmadi.






