Buxoroda soxta dalolatnomalar yordamida katta miqdordagi pulni özlaştirgan Marsian Plus MÇJ rahbari Jamşid Qodirov jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Aytilişiça, Qodirov yagona davlat buyurtmaçi injiniring kompaniyasi loyihalarni boşqariş va qurilişlarning texnik kuzatuvi böyiça yetakçi mutaxassisi bilan özaro til biriktirib, 2014 yil 15 yanvarda pudrat şartnomasini tuzgan va musiqa va san'at maktabi qurilişiga kirişgan.
Ammo u smetadagi işlarni yengillaştirib, körsatilgan pullardan bir qismini özlaştirişga harakat qilgan. Jumladan, deraza oynalari ikki qavat körsatilgan bölişiga qaramay, ularni bir qavat qilib tayyorlagan. Havo almaştiriş uskunalari esa faqat qoğozda “örnatilgan”. Natijada 113.785 mln sömlik bajarilmagan iş hajmlari hamda 466 ming sömlik sifatsiz bajarilgan işlar haqida dalolatnomalarga soxta ma'lumotlar kiritilgan.
Quriliş bitgaç, “Buxoroloyiha” MÇJ ekspertlari tomonidan ötkazilgan tekşiruv bu faktlarni foş etdi. Yagona buyurtmaçi injiniring kompaniyasi direktori Ş. Aripov Qodirovdan holatni 3 kun içida töğirlaşni talab qilgan. Bu iş amalga oşirilmagaç, tegişli taşkilotlarga murojaat qilingan, natijada Qodirov javobgarlikka tortildi.