6 avgust kuni Misr prezidenti Abdulfath as-Sisiy yangi Suvayş kanalini oçib berdi.

Aytilişiça, uşbu loyiha mavjud kanalning imkoniyatlarini yanada kengaytirib beradi.
Yangi kanal qurilişi 2014 yil avgustida boşlangan edi. Uning qurilişiga beş yil sarflanişi kutilayotgan edi. Ammo Sisiy muddatni uç yilga qisqartirdi. Natijada kanal bir yil içida ötkazildi. Uning qiymati 8.4 mlrd dollarni taşkil qildi.

71.9 km uzunlikka ega kanal ikki seksiyadan iborat: yangi seksiya 35 km ni, eskisi esa 37 km ni taşkil qiladi. Yangi seksiya 1869 yil oçilgan Suvayş kanali bilan parallel oqimdan boradi. Uning kengligi kemalarga ikki yönalişda yuriş imkoniyatini bermas edi. Yangi seksiyada esa bu kamçilik töldirildi – endilikda kemalarning ikki tomonlama harakati şu yöl orqali amalga oşiriladi.

Bu kemalarning töxtab turişini 11 soatdan 3 soatga qisqartiradi. Kanaldan ötiş vaqti ham 18 soatdan 11 soatga qisqaradi. Kanalning ötkaziş qobiliyati kuniga 49 kemadan 97tagaça kötarilişini kutmoqda.

2023 yilga kelib kanal davlatga yillik 13.2 mlrd dollar daromad keltirişi kutilmoqda. Ayni paytda kanalning yillik daromadi 5.3 mlrd dollarga teng.