"Real" jamoasi "Mançester Yunayted"ning ispaniyalik darvozaboni David de Xeani sotib olmaslikka qaror qildi.
As naşri jurnalisti Gilem Balagening aytişiça, "Real" bu darvozabon uçun 25 mln yevrodan köp pul tölaşni istamagan. "MYu" esa şartnoma muddati yakuniga 1 yil qolgan bu darvozaboni uçun 45 mln yevro söragandi.
Madridliklarning bu qaroriga futbolçini keyingi mavsumda erkin agent sifatida öz tarkibiga tekinga qöşib olişi mumkinligi sabab bölgan. Qolaversa, jamoada Keylor Navas va Kiko Kasilya kabi mahoratli darvozabonlar ham mavjud.
Jamoa yozgi transferlar vaqtida öz futbolçilaridan birontasini qimmat narxga sotmagani ham de Xeaning transferi amalga oşmasligi sabablaridan biri böldi.






