Tesla Model X krossoveri şu yilning sentabrida taqdim etiladi, xaridorlar esa uni uçinçi çorak nihoyasida sotib olişi mumkin böladi. Bu haqda Tesla Motors kompaniyasining ikkinçi çorak yakunlariga bağişlangan moliyaviy hisobotida aytildi.
Kompaniya öz elektrokarini 2013 yili işlab çiqarmoqçi edi, ammo keyinçalik relizni 2014 yilga, söng 2015 bahoriga köçirdi. Nihoyat, oxirgi marta loyiha 2015 yil uçinçi çoragiga köçirildi.
Maşina bir çorakda 800 dona işlab çiqarilişi aytilmoqda. Bundan taşqari, Model S maşinasi Model X bilan bitta konveyerda çiqarilmoqda. Kompaniya rahbari Ilon Mask loyihani “dunyodagi eng murakkab maşina işlab çiqariş” deb baholadi.






