Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari tomonidan Jinoyat kodeksiga ozodlikni çeklaş böyiça yangi jazo çorasi kiritilmoqda.

Yangi özgarişga köra, jinoyat sodir etgan şaxs ozodlikdan mahrum etilmaydi, balki oilasi hamda yaqinlari yonida jazo çorasini ötaydi. Ozodlikni çeklaş 6 oydan 5 yilgaça, voyaga yetmaganlar uçun 6 oydan 2 yilgaça sud tomonidan belgilanadi. Bunda u işga, öqişga borişi mumkin. Biroq, ommaviy tadbirlarda iştirok eta olmaydi, ta'qiqlangan joylarga bormaydi, transport vositasini boşqarmaydi, iş va öqiş joyini özgartirmaydi, alkogol içimliklar iste'mol qilmaydi. Şuningdek, internet, mobil telefondan foydalanmaydi. Agarda uşbu taqiqlarga rioya etmasa, ozodlikdan çeklaş boşqa jazo bilan almaştiriladi.

Qayd etilişiça, ozodlikni çeklaş çorasi xarbiy xizmatçilar va çet el fuqarolariga qöllanilmaydi.

Uşbu qonun böyiça sözga çiqqanlar qöl harakati sohasidagi huquqbuzarliklarni nazorat qiliş va qayd etişning avtomatlaştirilgan tizimini takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksga kiritilayotgan yangi normalarni ham atrofliça muhokama qilişgandan söng, mazkur qonunni ma'qullab ovoz berişdi.