"Mançester Yunayted" boş murabbiyi Lui van Gal darvozabon David De Xea Angliya çempionati 1 turida "Tottenxem"ga qarşi maydonga tuşmasligini ma'lum qildi. Murabbiyning aytişiça, "Real"ga ötişi bilan boğliq muzokaralar darvozabonga öz ta'sirini ötkazgan.
"Biz maşğulotlari va öyinlar vaqtida uni kuzatdik. Hozirgi De Xea - ötgan mavsumdagi De Xea emas. U harakat qilmoqda, ammo unga oson bölmayapti. Biz juda muhim öyinda maydonga tuşişimiz kerak va barça futbolçilar katta iştiyoq bilan öynaşini istayman. De Xea esa bunday qila olmaydi.
Ha, u ötgan mavsumning eng yaxşi darvozaboni va oxirgi uç yilda bizning eng asosiy posbonimiz bölib keldi. Muxlislar qatorasiga ikki yil davomida uni eng yaxşi, deb topdilar.
Men uni ketişini istayman, deb öylaysizmi? Heç bir murabbiy buni istamaydi. Köramiz, transfer mavsumi yakuniga yetgaç balki vaziyat özgarar. Kutib turiş lozim. Men ham vaziyat qurboniman. Şuningdek öyinçi va klub ham vaziyat qurboni bölib turibdi", - deydi murabbiy.
Manba: Uff.uz






