Çeçenistonning Açxoy-Martan tumanida joylaşgan toğlarda sodir etilgan portlaş oqibatida 1 nafar desantçi halok böldi, 2 nafari jarohatlandi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, şanba kuni mudofaa vazirligining desantçi brigadalaridan biri Yandi qişloği yaqinida razvedka olib borayotgan bölgan. Razvedka çoğida 82 mm li mina asosida yasalgan qölbola portlovçi uskuna işga tuşib ketgan.
Portlaş oqibatida razvedka otryadi komandiri halok bölgan, ikkita jangçi jarohatlangan.