Amerikalik suzuvçi Rayan Loxte Qozonda yakuniga yetib borayotgan suv sport turlari böyiça jahon çempionatining erkin usuldagi aralaş estafeta (4x100 m) bahslarida qölga kiritgan oltin medalini muxlis bolaga sovğa qildi. Bu haqda olamsport.uz naşri xabar bergan.

“AQŞ terma jamoasi va şaxsan meni qöllab-quvvatlab turgan muxlisga oltin medalni sovğa qilişni lozim deb topdim. U eng yaxşi muxlis”, – deya özining tvitterdagi sahifasida xabar qoldirgan Loxte.

Eslatib ötamiz, AQŞ terma jamoasi aralaş estafeta bahslarida yangi jahon rekordi (3.23,05) bilan ğoliblikni qölga kiritişdi. Loxte uşbu jahon çempionatida 200 metr masofaga ötkazilgan bahslarda oltin, estafetada esa oltin va kumuş medallarga ham sazovor bölgan edi.