Şimoliy Koreya hukumati özining vaqt mintaqasini yaratişini e'lon qildi, deb xabar bermoqda The New York Times naşri.
Şimoliy Koreya Oliy xalq yiğini prezidiumi 15 avgustdan mahalliy vaqtni 30 daqiqa ortga surişga qaror qildi. Aynan şu kuni Şimoliy Koreya yapon okkupatsiyasidan ozod bölgan kunining 70 yilligini nişonlaydi.
Ayni paytda Şimoliy Koreya Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bir soat mintaqasida joylaşgan bölib, Grinviç vaqtidan 9 soat oldinda yuradi. Ta'kidlanişiça, mamlakat yangi vaqtga ötgaç, yapon okkupatsiyasigaça bölgan davrda amalda bölgan bölgan vaqt mintaqasiga qaytadi.
Avvalroq Şimoliy Koreya hukumati davlat muassasalari uçun iş vaqtini ertalabki soat 05:00ga köçirgani ma'lum qilingandi.






