9 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da qariyb 1500 ta saylov uçastkasi Gaiti Milliy parlamenti uçun ötkazilgan saylovlar böyiça öz işini yakunladi. Muvaffaq saylov komiteti qaroriga köra, notinç muhitda bölib ötgan saylovlar muddati ayrim punktlarning oçiliş vaqti keçikkani bois ikki soatga uzaytirildi.

Milliy politsiyaning dastlabki ma'lumotlariga köra, saylov jarayonida 56 kişi, jumladan, 16 nafar öt qöyuvçilar hibsga olingan. Şu bilan birga, 4 nafar kişi tan jarohati olgan. 1508ta saylov uçastkasining 26tasi esa “vaqtinçalik faoliyat körsatmadi”.

Saylovlar jarayonida mamlakatdagi jamoatçilik tartibini saqlaş uçun 9 ming nafar politsiyaçi hamda BMTning Gaitidagi vaziyatni barqarorlaştiriş missiyasining 2,5 ming nafar askari jalb etildi.

Bölib ötgan saylovda qariyb 6 million saylovçi 20 nafar senator va 119 nafar vakillar palatasi deputati uçun ovoz berişdi. Mazkur örinlar uçun mamlakatdagi 100dan ziyod siyosiy partiyalarning 1853 nomzodi kuraş olib bordi.

Eslatib ötamiz, Gaitidagi murakkab siyosiy inqiroz tufayli amaldagi prezident Mişel Marteyi 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan buyon parlament saylovlari ötkazilmay kelinayotgandi. Joriy yilning 12 yanvar kuni esa deputatlar muddati tugagan, şundan buyon parlament faoliyat olib bormayotgan edi.