9 avgust kuni Janubiy Koreyaning Suvon şahrida Osiyo çempionatining oxirgi, 8-turi ötkazildi. Unda özbekistonlik yoş şaxmatçi Javohir Sindorov 10 yoşgaça bölgan bolalar içida muddatdan oldin Osiyo çempionligini qölga kiritdi.

10 yoşgaça bolalar örtasida ötkazilgan oçiq çempionatda Sindorov 32 iştirokçi içida 8 oçkodan 7.5 oçko töplab, ikkinçi örindagi ta'qibçisidan 2 oçkoga ötib ketdi. Rapida, blits va klassika böyiça maktab öquvçilari içida Osiyo va jahon çempionligini qölga kiritgan yoş iste'dod birinçi marta standart şaxmat böyiça Osiyo çempioni böldi.

Mediachess.uz resursining yozişiça, bir kun ilgari u Suvonda rapida böyiça Osiyo çempionligini qölga kiritgan edi.