"Roma"ning 20 yoşli markaziy himoyaçisi Alessio Romanoli "Milan"ga ötiş arafasida turibdi.
Ma'lum qilinişiça, "Milan" bu futbolçining transferi uçun 25 mln yevro va qöşimça bonuslar sifatida 5 mln yevro, jami 30 mln sarflaşi mumkin.
Bonusning miqdori futbolçi "Milan" bilan YeÇLda körsatadigan natijasiga boğliq bölişi aytilgan.
Sky Sport Italia naşrida yozilişiça, futbolçi "Milan" bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişib olgan.
Şuningdek, "Milan" vitse prezidenti Adriano Galliani "Roma" himoyaçisi Alessio Romanollini sotib olişga yaqin turganlarini ma'lum qildi.
"Hammasi 99,8 foizga aniq bölib ulgurgan", - deydi Galliani.






