4 avgust kuni 2 nafar harbiy xizmatçi minada portlab ketgan edi. Aniqlanişiça, bu minalar Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan. Bu haqda 10 avgust kuni Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi bayonot tarqatdi.
Janubiy Koreya qurolli kuçlari brigada generali An Yon Xoning sözlariga qaraganda, taxta korpus içidagi piyodalarga qarşi mina qöşni davlatda işlab çiqariladi. Bu fikrni voqea joyidan topilgan portlagiç va trinitrotoluol qoldiqlari ham tasdiqlaydi.
Tergov xulosasida aytilişiça, “duşman Janubiy Koreya qurolli kuçlariga zarar yetkaziş uçun qasddan uşbu minani örnatgan”.
Taxminlarga köra, provokatsiya bir haftadan söng bölib ötadigan Ulchi Freedom Guardian Janubiy Koreya-AQŞ harbiy maşğulotlarini töxtatib qöyiş uçun uyuştirilgan. Uşbu maşğulotlar davomida ikki davlat qöşinlari Xitoyning bostirib kiriş taqdirida amalga oşiriladigan xatti-harakatlarni maşq qilişi rejalaştirilgan.






