Toşkent şahrida buyuk rus şoiri Aleksand Sergeyeviç Puşkin haykali Yengil sanoat Davlat aksiyadorlik kompaniyasi qarşisidagi xiyobonga köçirilib, u yerda Puşkin kutubxonasi va muzeyi oçilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 10 avgust kuni Toşkent şahar hokimiyatida ötkazilgan brifing çoğida ma'lum qilindi.
Bir neça kun muqaddam OAVda Toşkent şahrida Puşkin şarafiga 1974 yili örnatilgan haykalning köçiriliş haqida axborot paydo bölgandi.
Özbekiston Respublikasi arxitektura va quriliş böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Azamat Töxtayevning ma'lum qilişiça, taşabbus Rus Milliy madaniyat markazi tomonidan ilgari surilib, şahar hokimiyati tomonidan ma'qullangan.
Kun.uz naşri muxbirining xabar berişiça, bronza haykalning qoplamasi va asosini restavratsiya qilib, uni Yengil sanoat vazirligi oldidagi, Şota Rustaveli va Bobur köçalari kesişadigan joydagi maydonga köçiriş rejalantirilmoqda. U yerda, şuningdek, Puşkin davri uslubidagi, A. Töxtayevning aytişiça, “öşa davr uslubidagi örindiqlar va çiroqlar örnatilgan” xiyobon yaratiladi.
Bundan taşqari, kutubxona va muzey, 300 örinli avtoturargoh, şuningdek, xiyobon böylab Puşkin davri uslubiga moslaştirilgan köça kafelari yaratiş imkoniyati körib çiqilmoqda.
“U yerda allaqaçon Rustaveli va Bobur köçalari bor, Rustaveliga haykal örnatilgan, Bobur nomiga boğ oçilgan. Bular jahon adabiyotining közga köringan namoyandalaridir. Puşkin haykali köçirilgaç, Toşkentda öziga xos adabiy uçburçak hosil böladi”, – dedi Rus Milliy madaniy markazi raisi Aleksandr Aristov.
Yangi majmuani yaratiş böyiça işlar Mustaqillik kuniga qadar yakunlanişi aytilmoqda.






