Ayni kunlarda viloyat markazi bilan çegaradoş Buxoro tumanida M-37 «Samarqand - Buxoro - Turkmanboşi» avtoyölining 241-261 km qismida tezkor sur'atlarda rekonstruksiya hamda halqa yöli va yöl ötkazmali çorraha barpo etiş işlari amalga oşirilmoqda. Bu haqda «Pravda Vostoka» naşrida yozilgan.
Yangi köprik harakat xavfsizligini ta'minlab, yuk avtomobillari şaharning içki qismiga kirmasdan ötiş imkonini beradi. Avtomagistralni rekonstruksiya qiliş natijasida uning kengligi 25 metrga kengaytirilib, yuk kötariş imkoniyati 13 tonnaga qadar ortadi.
Haydovçilar uçun katta qulayliklar yaratişi közda tutilgan ulkan köprikni barpo etiş bilan bir vaqtda, yöl atrofida turli infratuzilmalarni taşkil etiş, zamonaviy mehmonxona, avtorurgohlar, avtomobillarga gaz quyiş şohobçalari, transport vositalariga texnik xizmat körsatiş markazlarini qurişga ham katta e'tibor qaratilgan.






