Tayvanning Foxconn kompaniyasi Hindistondagi faoliyatini kengaytiriş uçun sarmoya kiritadi.

Foxconn Technology Group yaqin beş yil içida ilmiy tadqiqot markazi va Hindistonning Maxaraştra ştatida işlab çiqariş korxonasini quriş uçun 5 mlrd dollar miqdorda mablağ sarflaşni rejalaştirgan, deya xabar bermoqda Financial Times.

Işlab çiqariş kompleksi Mumbay va Puna ştatlari oraliğida joylaşadi. Buning natijasida 50 ming yangi iş örni taşkil qilinadi.

Bu Foxconn kompaniyasining Hindistonda amalga oşirmoqçi bölayotgan işlarning bir bosqiçi vazifasini ötaydi. Tayvan korxonasi: iPhone, iPad va Apple Watch, Amazon planşetlari, BlackBerry smartfonlari, Microsoft va Sony öyinlari ilovalari, Dell va Hewlett-Packard noutbuklari uçun mahsulotlar tayyorlab berişi bilan maşhur sanaladi.