Germaniyaning Kyoln şahrida 5-9 avgust kunlari bölib ötgan Yevropadagi eng yirik Gamescom öyinlar körgazmasiga yakun yasaldi. Electronic Arts kompaniyasining yangi Star Wars: Battlefront jangari öyini körgazmada namoyiş qilingan eng yaxşi öyin deb topildi. Bu haqda körgazmaning saytida çop etilgan matbuot banoyotida ma'lum qilindi.

Star Wars: Battlefront öyini beşta yönaliş böyiça ğolib deb topildi. Boş mukofotdan taşqari, öyin “PlayStation konsollari uçun eng yaxşi öyin”, “Kompyuter uçun eng yaxşi öyin”, “Köp foydalanuvçilarga möljallangan eng yaxşi öyin” yönalişlarida yetakçi böldi. Bundan taşqari, öyin onlayn-ovoz beriş natijalariga köra, tomoşabinlar olqişiga sazovor bölgan öyin deb topildi.

Star Wars: Battlefront öyini PC, Xbox One va PS4 uçun möljallab işlab çiqilgan. Öyin 17 sentabrdan sotuvga çiqariladi.

Şuningdek, Metal Gear Solid V: The Phantom Pain stels-ekşn öyini “Eng yaxşi ekşn”, “Xbox konsollari uçun eng yaxşi öyin” yönalişida ğolib böldi. Xbox One uçun möljallangan Forza 6 öyini eng yaxşi simulyator va poyga öyini deb topildi.

2014 yilda Take-Two kompaniyasining Evolve jangari öyini eng yaxşi öyin deb topilgandi.