Norvegiyaning Opera Software kompaniyasi sotuvga qöyilişi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qildi.
Direktorlar kengaşining bunday qarorga kelişiga kompaniya joriy yil ikkinçi çoragida kutilgan moliyaviy natijalarga erişa olmagani sabab bölişi mumkin.
Opera Software`ni sotib yuborişdan taşqari, kompaniyaning moliyaviy imkoniyatlarini barqarorlaştirişi mumkin bölgan hamkorlikning boşqa samarali şakllari ham körib çiqilmoqda.
Opera Software direktorlar kengaşi a'zolaridan birining ma'lum qilişiça, qator kompaniyalar hamkorlik şakllaridan biriga qiziqiş bildirgan.






