Oliy va örta maxsus ta'lim hamda moliya vazirliklarining qöşma qarori bilan “OTM talabalariga stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida”gi yöriqnomaga qöşimçalar va özgartişlar kiritildi. Bu haqda "Adolat közgusi" gazetasida yozilgan.

Ularga köra, Toşkent davlat yuridik universiteti uçun ta'limning modul tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan belgilangan tartibga muvofiq öqişga ulgurayotgan talabalarga stipendiya tayinlaş öquv yilida 2 marotaba ötkaziladi va stipendiya har bir öquv semestri oyining 1-kunidan tölanadi. Stipendiyalar yakuniy nazorat natijalari e'lon qilinganidan söng tölanadi.

Istisnosiz barça OTM uçun belgilangan tartibga muvofiq akademik qarzini bartaraf etgan talabalarga stipendiya akademik qarzni barataraf etişning bir oylik muddati tugaganidan keyingi oyning 1-kunidan boşlab, talabaning davomatiga qarab, tabaqalaştirilgan koeffitsiyentlarni qöllagan holda keyingi öquv semestriga qadar tayinlanadi.

Şuningdek, barça OTM uçun ayol talabalarga stipendiya va bolani parvarişlaş böyiça nafaqa tölaş tartibiga tuzatiş kiritildi. 2 yoşgaça bolasi bölgan va öqişni ta'limning kunduzgi şaklida davom ettirayotgan talaba ayollarga stipendiya töliq miqdorda tölanadi. Ilgari ayol talabalarga bir vaqtning özida töliq hajmda stipendiya va bolani paravarişlaş böyiça oylik nafaqa tölanar edi.