Toşkentda joylaşgan Puşkin haykali joyidan olindi. Uni yangi joyga örnatişga tayyorgarlik körilmoqda.

Haykal demontaji 10 avgust kuni soat 16:00da boşlandi. Soat 20:30da u postamentdan tuşirilib, yuk maşinasida olib ketildi. Bu haqda "Gazeta.uz" naşri xabar bergan.

Keça haykal Şota Rustaveli va Bobur köçalari kesişuvida joylaşgan maydonga köçirilişi haqida axborot berilgan edi.

Yangi joyga örnatilişidan oldin haykalning qoplamasi va asosi restavratsiya qilinadi.

Haykal 1974 yili buyuk rus şoirining 175 yillik yubileyi munosabati bilan örnatilgan edi.