Özbekistonda Urgançda sodir bölgan mudhiş voqeaga öxşaş voqea kamdan-kam uçraydi. Bunday holatlar YTHlarda, yonğinlarda yuz berişi mumkin. Biroq Urgançdagi “Yoşlar köli” madaniyat va istirohat boğida sodir bölgan voqea butun Özbekistonni larzaga soldi.
Fojia 8 avgust kuni, şanba oqşomi bu mö'jaz boğga an'naviy ravişda minglab odamlar xordiq çiqargani kelgan paytda yuz berdi. Guvohlarning aytişiça, bu gal boğda odatdagidan köproq odam yiğilgan edi. Bunga köldagi sun'iy orolda Xorazm viloyatida yoşlar orasida ommalaşgan yoş xonanda Navröz Sobirovning konsert berayotgani sabab bölgan. Kontsertni tomoşa qiliş ilinjida yuzlab odamlar öşa mudhiş köprik ustida yiğilişgan. Kontsert odamlarning olqişlari, hayqiriqlari sadosi bilan boşlanib, sal ötmay tösiqlarning sinişi, suvga yiqilayotgan odamlarning şovqin-suronlari bilan tugadi. Favqulotda hodisa qurbonlarga olib keldi.
Uşbu holat yuzasidan tuzilgan Hukumat komissiyasi voqea sabablarini örganmoqda, internetda esa bu fojia katta bahs-munozaraga sabab bölmoqda. Kimdir köprik xavfsizlik talablariga javob bermaganini aytib, quruvçilarni uquvsizlikda ayblasa, kimdir uşbu konsertni taşkil qilib, xavfsizlik çoralarini körmaganlarni ayblamoqda. Yana kimlardir özini haddan ziyod jöşqin tutgan odamlarni ayblamoqda.
“Hozir hamma quruvçilarni ayblay boşlaydi. Biroq istalgan konstruksiya özining mustahkamlik çegarasiga ega. Men tösiqlarni payvandlaşda ba'zi joylarda nuqsonlar bölganini istisno etmayman, biroq bu tösiqlar unga yuzlab odamlar yotib olişi uçun qilinmagan. Öylaşimça, köpçilik odamlar bu tösiqlarga bor gavdalari bilan tiralib olişgan, ba'zilar esa ularga farzdanlarini ötkazib qöygandirlar, ba'zi yoşlar esa oyoqlarini osiltirib unga ötirib olgan bölişlari ham mumkin. Yevropa, Lotin Amerikasi futbol maydonlarida muxlislardan himoya qiliş uçun tösiqlardan foydalaniladi. Bu tösiqlar omma ularga hujum qilişi mumkinligini hisobga olib işlanadi. Lekin bu yerda avvalboşda bunday vazifa turmagan. Taşkilotçilarning mas'uliyatsizligi tufayli köplab odamlar qurbon böldi”, deb yozmoqda Doniyor Anorbayev ismli foydalanuvçi.
"Şak-şubhasiz, köprik quruvçilari ham, konsert taşkilotçilari ham javobgarlikka birday tortiladilar. Biroq bu fojiada odamlarning özi ham qisman sababçi bölmoqda, çunki ularda ba'zan oddiygina özini tutiş odobi yetişmaydi. Hammamiz xalq sayllarida va bayramlarda ba'zi odamlar, şu jumladan yoşlar, özlarini axloqsizlarça tutib köçalarni ifloslantirayotganlari, tösiqlardan sakrab ötayotganlari, özlarini kaltafahmlarça tutayotganlarining guvohi bölganmiz. Biroq qiziği, bizlar bundaylarga befarq bölib qolganmiz", deydi yana bir internet foydalanuvçisi.






