Lotin amerikalik yozuvçi, Nobel mukofoti laureati Gabriel Garsia Markesning krematsiya qilingan hoki Meksikadan vatani Kolumbiyaga qaytariladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Yozuvçining hoki solingan idiş Kolumbiyaning Bolivar ştati hukumati va Markesning qarindoşlari örtasidagi kelişuvga köra Kartaxena şahri tarixiy markazidagi ibodatxonada örnatiladi.
Kartaxena şahri bilan yozuvçini köp xotiralar boğlaydi. Uşbu şahar yozuvçining eng ommabop romanlaridan biri – “Vabo paytidagi sevgi” asaridagi voqea joyi hisoblanadi. Markesning oilasi hanuzgaça bu şaharning sohilböyida joylaşgan uyga egalik qiladi.
Gabriel Garsia Markes 2014 yilning 17 aprelida 87 yoşida Mexikoda vafot etdi. Yozuvçi bu şaharda 30 yillik umrini yaşagan. Yozuvçining dafn marosimi Meksika hukumati tomonidan taşkillaştirilgan edi.
Yozuvçi 1960-yillardagi Lotin Amerikasi “adabiyot fenomeni”ning muhim şaxslaridan biri hisoblanadi. Uning ijodiga mansub “Tanholikning yuz yili” va "Buzrukning kuzi" adibning eng maşhur romanlari hisoblanadi.






