Bugun Gruziya poytaxti Tbilisi şahrida ötgan mavsumda Yevropa Çempionlar ligasi ğolibi bölgan - "Barselona" va Yevropa ligasi ğolibi - "Sevilya" klublari örtasida UYeFA Superkubogi uçun uçraşuv bölib ötadi.

Bu ikki jamoa özaro muntazam uçraşib turadi, çunki ikkisi ham La liga a'zolari hisoblanişadi. Bu jamoalar 2006 yilda UYeFA Superkubogida töqnaş kelişgan va öşa vaqtda tarkibida Dani Alves bor "Sevilya" "Barselona"ni 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratgan.

Lekin, qayd etiş kerakki, "Sevilya" 19 uçraşuvdan buyon kataloniyaliklarni yenga olmayapti.

"Barselona" oldindagi uçraşuvda favorit hisoblanadi, ammo biz maydonga tuşib, sensatsiya körsatiş uçun bor kuçimizni ayamaymiz. Agar ğalaba qozonsak, butun mavsumga yetadigan işonçini qölga kiritamiz", - deydi "Sevilya" ustozi.

"Barselona" — "Sevilya" uçraşuvini irlandiyalik hakam Damen Makgrat boşqaradi.

Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:45da boşlanadi. Özbekistonlik muxlislar öyinni Rossiyaning NTV plyus Futbol 1 va NTV kanallari orqali jonli ravişda kuzatişlari mumkin.