Argentinalik boksçi Markos Martines dominikalik boksçi Braulio Rodrigesga qarşi jangni ataylab yutqazib berganlikda ayblanmoqda. 8 avgustda Urugvay poytaxti Montevideo bölib ötgan jangning YouTube videoportaliga qöyilgan videoroligini 1,5 mln ga yaqin odam körişga ulgurdi.
Jang 2-raundda texnik nokaut hisobiga Rodrigesning ğalabasi bilan yakunlandi. Argentinalik boksçi bir neçta zarbadan keyin ringga ağdarilib, örnidan turib özining burçagiga yöl olayotganda talmovsirab yana yiqilib tuşdi. Biroq videoda dominikalik boksçi tomonidan berilgan 4 ta badan birortasi ham Martines boşiga tegmaganligi yaqqol körinib turibdi. Qayd etiş joizki, jang Butunjahon boks kengaşi talqini böyiça Lotin Amerikasi vaqtinçalik çempionlik kamari uçun ötkazilgan edi.
Internetda argentinalik boksçining nokautni simulyatsiya qilgani borasida köplab bahs-munozara yuzaga keldi. “Bu Mikki Rurkning jangidan ham battarroq böldi”, deb yozdi Check Hook Boxing forumi foydalanuvçilaridan biri 2014 yil kuzda Moskvada gollivudlik aktyor iştirokida bölgan jangga şama qilib.
Boşqa bir foydalanuvçi xuddi şunga öxşaş tugagan Martinesning yana bitta jangini esga oldi. 2013 yilning sentabrida braziliyalik boksçi Adeilson Dos Santos bilan jangda Martines heç qanda nokautga olib keluvçi zarbalar olmasdan, ringga yiqilib, 2 daqiqagaça öziga kelmay ringda yotgan edi.
24 yoşli Martines 17 ğalaba va 3 ta mağlubiyatga ega. Boksçi ikkinçi örta vazn toifasida (58,87 kg gaça) iştirok etadi.






