Suriyadagi harbiy harakatlarda iştirok etayotgan asli özbekistonlik jangari IŞID ekstremistik guruhini tanqid ostiga oldi.
Jangari WhatsApp’dagi sahifasi orqali IŞIDning mafkuraviy yanglişligi va guruh rahbarining şaxsiy illatlari haqida gapirib berdi.
“IŞID – yolğon aqidali guruh. Uning yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiy – maişatga berilgan, axloqiy buzuq odam”, – dedi u.
Uning aytişiça, u tarkibida bölgan ekstremistik guruh – “Imom Buxoriy jamoati”, “Özbekiston islom harakati”dan farqli ravişda, heç qaçon IŞIDga sadoqat izhor qilmagan.
“IŞID musulmonlarni öldirişga, ularning molini musodara qilişga, ayollarni bozorda 500 dollarga sotişga ruxsat berişi bilan bizda ularga qarşi kuraşiş haqida fatvo çiqarildi”, – ta'kidladi nomi keltirilmagan jangari.






