Turkmanistonning Ahal viloyati Ak Bulgay tumanida eksport hamda ayni paytda Turkmaniston import qilişga majbur bölayotgan mahsulotlar işlab çiqarilişi rejalaştirilayotgan yangi sanoat hududining qurilişi işlari boşlandi, deya xabar berdi «Vatan» radiosi.
Hukumat 260 gektar maydonni egallagan mazkur hududda 140 ta zavod qurişni möljallagan. Ular böyoqlar uçun qutilardan tortib, bosma platalargaça bölgan turli-tuman mahsulotlarni işlab çiqaradi.
Sanoat hududi 10 mingdan ziyod yangi iş örinlarining oçilişiga turtki beradi. Uning qaçon iş boşlaşi esa ma'lum qilinmagan.






